date
views 208

Qarz to‘lanmagach mol-mulk xatlanib, auksion savdoda sotildi

Qarz to‘lanmagach mol-mulk xatlanib, auksion savdoda sotildi

Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda nizo sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

Biroq amaliyotda tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit shartnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik holatlari ham uchrab turadi.

Xususan, AT “Xalq banki” Navbahor filiali tomonidan “M.T” fermer ho‘jaligiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 407 mln. so‘m miqdorida kredit ajratilgan.

Kredit shart­nomasi bo‘yicha fermer ho‘jaligi rahbari o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmaganligi sababli, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining 14.03.2023 yildagi qaroriga asosan kredit qarzini undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan “A.B.Ch” fermer xo‘jaligiga tegishli “ISUZU NPR 82 L-KL5VAY” rusumli avtotrnsportga qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Navbahor tuman bo‘limiga kelib tushgan bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari jarayonida fermer xo‘jaligi rahbari ushbu qarzdorlikni to‘lash yuzasidan bo‘yicha bir necha bor ogohlantirilib, bank hisobraqamlariga elektron inkasso topshiriqnomalar yuborilgan.

Ammo, qarzdorlik to‘lanmaganligi natijasida garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mazkur avtotransport vositasi xatlangan hamda elektron onlayn auksion orqali 624 mln. so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilgan.
Kredit mablag‘i o‘z vaqtida to‘lab borilganida shu kabi ortiqcha xarajatlar va harakatlar amalga oshirilmas va kelgusida boshka bir tadbirkorning kredit resurslaridan foydalanishiga zamin yaratilgan bo‘lar edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz to‘lanmagach mol-mulk xatlanib, auksion savdoda sotildi