date
views 167

Garovdagi “Nexia-3” kredit qarzi uchun sotildi

Garovdagi “Nexia-3” kredit qarzi uchun sotildi

Garov- bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi hisoblanadi.
Byuroning Zarbdor tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining fuqaro Sarvar Anorqulovdan “Kapitalbank” ATB foydasiga 93,6 mln. so‘m undirish hamda undiruv qarzdorga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashinaga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi 20.02.2023 yilda kelib tushgan, shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklarga taqiq o‘rnatilib, ijro hujjatini ijrosini ixtiyoriy bajarmaganligi sababli ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida C.A.ga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Shundan so‘ng, avtomashina elektron-onlayn auksionlarida sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorlik, ijro yig‘imi va ma’muriy jarimalar to‘liq qoplanadi.

Fuqaro olgan kreditini mas’uliyatni his qilgan xolda  o‘z vaqtida to‘lab borganida, avtomashinasidan ayrilmagan bo‘lar edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Garovdagi “Nexia-3” kredit qarzi uchun sotildi