date
views 185

Kredit qarzdorligi o‘z vaqtida to‘lanishi shart

Kredit qarzdorligi o‘z vaqtida to‘lanishi shart

Odatda fuqarolar tomonidan kredit to‘lovlari kredit shartnomalarida belgilangan miqdorda va muddatlarda kredit tashkilotlariga to‘lab boriladi.

Lekin, amaliyotda ayrim fuqarolar tomonidan kredit to‘lovlarini kechiktirish yoki to‘lashni “unutish” holatlarini ko‘plab kuzatish mumkin.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 04.08.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.Sultanovadan undiruvchi “Kapital bank” ATB foydasiga 209 mln. 110 ming so‘m bank foydasiga qarz undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi davlat ijrochilari S.Abduvosiqov hamda S.Raximovlar tomonidan 08.09.2023 yilda qarzdorning ijro hujjatida ko‘rsatilgan yashash manziliga chiqilganda, garovga qo‘yilgan “Kaptiva” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlanib, xatlangan holda jarima maydonchasiga joylashtirilishi ta’minlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit qarzdorligi o‘z vaqtida to‘lanishi shart