date
views 323

Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash to‘liq “Mening yo‘lim”ga o‘tkaziladi

Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash to‘liq “Mening yo‘lim”ga o‘tkaziladi

Foto: Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O‘zbekistonda bundan buyon ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratiladi.

Endi qayerda ichki yo‘l qurish, qayerdagi yo‘llarni ta’mirlashni odamlarimizning o‘zi hal qiladi. Shunday qilsak, loyihani tanlab olishda va sifatni ta’minlashda ochiqlik bo‘ladi, to‘liq jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi”, – dedi prezident 12 sentyabr kungi yig‘ilishda.

Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun 2024 yilda “Mening yo‘lim” dasturi doirasida 800 milliard so‘m ajratish topshirildi.

“Mening yo‘lim” dasturi – “Tashabbusli budjet” loyihasi kabi “Ochiq budjet” portalida tashkil etiladi. Fuqarolar dasturda yiliga bir marta taklif qoldirish va ovoz to‘plash orqali ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratilishiga erishishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash to‘liq “Mening yo‘lim”ga o‘tkaziladi