date
views 169

Fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi

Fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi

2022 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.

Mazkur qonunda jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi hamda ushbu yer uchastkasi, unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari belgilab berilgan.

 Kompensatsiya qilish — yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan huquq egasiga zararlarning o‘rnini qonunda nazarda tutilgan tartibda pul shaklida yoki boshqa shaklda qoplashdir.

Olot tumanida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan bino-inshoot jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan Olot tuman hokimligidan kompensatsiya undirish bo‘yicha fuqarlik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgan.

 Tortishuvli masala Buxoro viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, qabul qilingan ajrimga asosan javobgar Olot tuman hokimligidan da’vogar Yo.Jumayev foydasiga 151.065.854 so‘m kompensatsiya to‘lovi, ekspertiza xarajati uchun to‘langan 1.050.000. so‘m  va pochta xarajati uchun to‘langan 21.000 so‘m, jami 152.136.854 so‘m undirish belgilangan hamda ijrosini ta’minlash uchun Byuroning Olot tuman bo‘limi ish yurituviga yuborilgan.

Ijro hujjati bo‘lim ish yurituvga qabul qilinib, davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida tuman hokimligidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan kompensatsiya pullari to‘liq undirilib, undiruvchining bank plastik kartasiga ko‘chirib berilgan hamda  ijro ishi amalda tamomlangan. Hozirda, mazkur tadbirlar davom ettirilmoqda.

Byuroning Buxoro viloyati boshqarmasi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi