date
views 130

Korxonaning elektrdan bo‘lgan qarzi undirildi

Korxonaning elektrdan bo‘lgan qarzi undirildi
 Kundalik hayotimizda elektr energiyasi va tabiiy gazning qanchalik ahamiyatga ega ekanligi barchamizga ma’lum. Energiya resurslarini iste’molchilar talablariga mos ravishda yetkazib berish katta kuch va mablag‘ talab etadi.

Lekin, ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molidan bo‘lgan to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanmasligi oqibatida, tarmoqdan ajratilib, qarzdorliklar sud tartibida undirilmoqda.

Foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz to‘lovlaridan bo‘yin tovlayotgan iste’molchilardan qarzdorliklarni undirishga doir sud qarorlari ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar qilinmoqda.

Misol uchun, Romitan tumanlararo iqtisodiy sudining 21.08.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “BCT CLUSTER AGROKOMPLEKS” MCHJdan undiruvchi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ foydasiga 324.336.561 so‘m asosiy qarz, 7.000.000 so‘m penya va oldindan to‘langan 30.000 so‘m pochta harajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Romitan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdorga ijro hujjati mazmun mohiyati to‘liq tushuntirilib, elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lab berish uchun muddat berilgan bo‘lsada, qarzdorlik bartaraf qilinmagan.

Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor asosan “BCT CLUSTER AGROKOMPLEKS” MCHJdan undiruvchi foydasiga ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati ijrosi amalda ta’minlandi.
Hozirda, mazkur tadbirlar davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxonaning elektrdan bo‘lgan qarzi undirildi