date
views 498

«O‘zbekkonsert» direktori vazifasidan ozod etildi

«O‘zbekkonsert» direktori vazifasidan ozod etildi

Ozobdek Nazarbekov va Davron Sheraliyev.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasining 2023 yildagi 9 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida o‘tgan yig‘ilishda muassasa rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheraliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Sanjar Erdanov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Shundan so‘ng, muassasa markaziy apparati va barcha hududiy bo‘limlarning hisoboti eshitilib, natijalar tahlil qilindi. O‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi, ayrimlariga hayfsan berildi. Joriy yil yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishish zarurligi ta’kidlanib, o‘zgarish bo‘lmasa, vazifasidan ozod etilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekkonsert» direktori vazifasidan ozod etildi