date
views 219

Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatlar bo‘yicha qo‘shimcha kiritiladi

Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatlar bo‘yicha qo‘shimcha kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasida aytilishicha, Toshkent shahrida joriy yilning 14 iyun kunidan boshlab o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida elektrosamokatlar boshqaruvchilari tomonidan 190 marta yo‘l harakati qoidalari buzilgani aniqlangan.

Qaror loyihasida yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ishonchli ta’minlash, bunda individual harakatlanish vositalari va skuterlardan foydalanishda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash tartiblari joriy etilmoqda.

Loyiha bilan:

  • “skuter” va “individual harakatlanish vositalari” tushunchalariga ta’rif berilib, ularning qaysi toifadagi transport vositasi turiga kirishiga aniqlik kiritilmoqda;
  • yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda;
  • Yo‘l harakati qoidalariga 1-ilova - Yo‘l belgilari esa qo‘shimcha ravishda 3.5.1 (skuterlar harakatlanishi taqiqlangan) va 3.34 (individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan) yo‘l belgilari bilan to‘ldirilmoqda;
  • Yo‘l harakati qoidalari yangi 12-1 va 12-2-bandlar bilan to‘ldirilib, individual harakatlanish vositalari boshqaradigan shaxslarga taqiqlanadigan va majburiy bo‘lgan harakatlar belgilab berilmoqda.

Bundan tashqari, Yo‘l harakati qoidalarining tegishli bandlari “skuter” va “individual harakatlanish vositalari” so‘zlari bilan to‘ldirilmoqda.

Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • 14 yoshdan kichik shaxslarni boshqarishi (yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno);
  • spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish;
  • bir yoki bir nechta IHVni shatakka olish;
  • tormoz tizimi, rul boshqaruvi, tovushli ishorasi, shuningdek sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda nosoz fara chiroqlari yoki fonarlar hamda orqa fara chiroqlari ishlamaydigan IHVni boshqarish;
  • rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (IHV uchun);
  • yo‘lovchi bilan boshqarish;
  • telefondan foydalanish.

IHV fara yoki fonar, tormoz, tovush ishorasi, shuningdek old tomonida oq rangli, yon tomonida qizil yoki apelsin rangli, orqa tomonida qizil rangli nur qaytargichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

Individual harakatlanish vositalari boshqaradigan shaxslar:

  • harakat davomida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishi;
  • trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan soatiga 6 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning o‘ng chetki qismida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda harakatlanishi;
  • yo‘llarning qatnov qismidan harakatlanishi;
  • turar joy dahalaridan chiqish vaqtida boshqa harakat ishtirokchilariga yo‘l berishi;
  • qat’iy ravishda boshqa transport vositalarini harakat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarish kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatlar bo‘yicha qo‘shimcha kiritiladi