Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar tuman bo‘limlari tomonidan sudlarning nomulkiy tusdagi ijro varaqalari asosida majburiy ijro harakatlarini tashkil etish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan M.S. o‘zboshimchalik bilan hech qanday hujjatlarsiz Yangihayot tumani 4-uy oldida 18 m.kv. dan iborat qurilmani buzib, asl holiga keltirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituviga 22.09.2023 yilda kelib tushgan bo‘lib, tuman bo‘limi davlat ijrochisi Q.Xidirovning ijro harakatlari davomida yuqoridagi manzilga chiqilganda, ushbu qurilma qarzdor tomonidan buzib, o‘z holiga keltirilganligi aniqlangan va dalolatnoma rasmiylashtirilib, ushbu ijro hujjati amalda tamomlanishi ta’minlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!