Avvalo shuni qayd etish kerakki, Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.
Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas. Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turibdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatiga asosan fuqaro D.Abdurahmonovani Ohangaron shahar Xalq ta’lim bo‘limining Metodik xizmat sho‘basi fanlar bo‘yicha metodisti vazifasiga tiklash haqidagi ijro hujjati byuroning Ohangaron shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida Ohangaron shahar Xalq ta’lim bo‘limining 2023 yil 9 oktyabrdagi buyrug‘iga asosan D.Abduraxmonova o‘z ishiga tiklangan va ijro ishi tamomlangan.