19:34 / 20.10.2023
121

Ota farzandi uchun 100 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi

Ota farzandi uchun 100 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi

Fuqarolik ishlari Shahrisabz tumanlararo sudining 2017 yil 24 iyul kunidagi qaroriga asosan qarzdor X.Murodovdan undiruvchi A.Usarovaning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Kitob tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan, shuningdek, mamlakat hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdor X.Murodov aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan edi. A.Usarova Byuroning Kitob tuman boshlig‘iga murojaat qilib, uy-joyga muhtojligini va qarzdordan yordam tariqasida aliment pullarini oldindan undirish uchun qarzdor bilan tushuntirish ishlarini olib borishni so‘radi.

Murojaatga asosan qarzdorga mazkur ijro hujjati yuzasidan huquqiy va farzandining kelajagi uchun uni moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekanligi yuzasidan berilgan tushuntirishlar natijasida qarzdor farzandi voyaga yetgunga qadar aliment pullarini bir yo‘la to‘lab berishini bildirdi.

Taraflar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan farzand uchun 100 mln. so‘m aliment pullari ixtiyoriy ravishda to‘lab berildi. 
Shu munosabat bilan ijro hujjati tamomlandi. 

Shahodat Mustafayeva

 MIB Kitob tuman bo‘limi davlat ijrochisi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat