21:55 / 21.10.2023
312

Qochoq qarzdorlar

Qochoq qarzdorlar

Sud tomonidan voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan bo‘lsada, ayrim otalar uni to‘lash o‘rniga ijrochilardan yashirinishga harakat qiladi. Bu esa o‘z navbatida qarzdor shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilishga olib keladi.

Qidiruv tadbirlarini Byuroning xududiy boshqarmalari Qidiruv sho‘basi xodimlari olib boradilar. Jumladan, 2023 yil 9 oktyabr kuni byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari Olmaliq shahrida 1 mln. so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi bo‘lgan, uni to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan shaxslarga nisbatan tezkor qidiruv ishlarini amalga oshirdi.

Unda sho‘baning to‘rt nafar xodimi ishtirok etib, ular tomonidan aliment to‘lashdan qochib yurgan 4 nafar shaxs ushlandi. Ushbu qarzdorlarga nisbatan MJtKning 47/4-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat