20:13 / 24.10.2023
234

MIB Reyd: Qo‘shtepa tumanida "Avtokon" tadbiri davom etmoqda

MIB Reyd: Qo‘shtepa tumanida "Avtokon" tadbiri davom etmoqda

Majburiy ijro byurosi tashabbusi bilan yo‘l qoidasini buzgan fuqarolarni aniqlash va ulardan jarimalarni undirish hamda avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kecha, 23 oktyabr kuni ham Byuroning Qo‘shtepa tuman bo‘limi xodimlari hamda viloyat IIB YHXB vakillari bilan hamkorlikda Qo‘shtepa tumanining Shahar tepa ko‘chasida bunday tadbirlar davom ettirilayotgani ma’lum qilinadi.

Mana ko‘rib turibsizki M.X. ham yo‘l harakati qoidalarini yetti marotaba buzib, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan va shu sababli uning oq toychog‘i jarima maydonchasiga olib kirildi.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashni UNUTMANG!

Majburiy ijro byurosi

Qo‘shtepa tuman bo‘limi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat