MIB: o‘tgan davrda ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlar uchun 650 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi
Joriy yilning 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati hamda mas’ul xodimlari bilan “Byuro organlari tomonidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar va ijro etish sohasidagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, yurtimizda olib borilayotgan yangi bosqichdagi sud-huquq islohotlar zamirida inson qadrini yuksaltirish va manfaati uchun xizmat qilish bosh maqsadlardan biriga aylangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari ham sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash orqali fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jami 67, trln. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlanib, 28,6 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi.
Birgina, davlat foydasiga 10,9 trln so‘m, tadbirkorlik va boshqa subyektlar foydasiga 16 trln. so‘mdan ortiq hamda fuqarolarimiz manfaatlari uchun 1,4 trln. so‘mdan ziyod undiruvlar amalga oshirildi.
Byuroning hududiy boshqarmalarida axborot texnologiyalari yordami bilan muqobil ravishda va masofaviy ishlayotgan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmasdan hamda fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmasdan 550,6 mlrd. so‘mlik (1,4 mln.ta) hujjatlarning ijrosi ta’minlandi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga 650 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirildi.
Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1,5 trln. so‘mdan ortiq aliment pullari undirilgan bo‘lsa, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan tashkil etilgan «Aliment to‘lovlari jamg‘armasi» hisobidan 843 nafar undiruvchilarga 12,2 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.
Ishsiz aliment to‘lovchilarning 24.751 nafari ishga joylashtirildi, 38.487 ta oilani yarashtirishga erishildi. Bundan tashqari, amaldagi mehnat qonunchilik talablariga rioya etmasdan bo‘shatilgan va o‘z ish joyini yo‘qotgan 867 nafar fuqarolarimiz ishga tiklandi hamda ularga to‘lanmasdan qolgan 59,4 mlrd. so‘mlik ish haqlari undirildi.
Byuro organlari o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq ishlariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring