date
views 178

Chet eldan O‘zbekistonga bojxona to‘lovlarisiz ikkita telefon olib kirishga ruxsat berildi

Chet eldan O‘zbekistonga bojxona to‘lovlarisiz ikkita telefon olib kirishga ruxsat berildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslar xorijdan o‘zi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilma (telefon)ni bojxona to‘lovlarisiz ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati bo‘lim boshlig‘i Doniyor Maqsumov maʼlum qildi.

Doniyor Maqsumovning aytishicha, avvallari 6 oyda bir marotaba fuqarolar bojxona to‘lovlarisiz O‘zbekistonga 1 ta telefon olib kirishga ruxsat berilgan.

Endilikda jismoniy shaxslar xorijdan o‘zi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilma (telefon)ni bojxona to‘lovlarisiz ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Shuningdek, telefonlarni UzIMEI tizimida ro‘yxatga olishda masofadan turib (onlayn) shaxsni biometrik identifikatsiya (Face ID) qilish joriy etildi”, - dedi mutaxassis.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonga xizmat safari yoki turizm uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar mobil qurilmalaridan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanish davri amaldagi 30 kalendar kunidan 60 kalendar kunigacha uzaytirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet eldan O‘zbekistonga bojxona to‘lovlarisiz ikkita telefon olib kirishga ruxsat berildi