Banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar taraqqiyotimizga, sohalarni rivojlantirish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilayotganini yaxshi bilamiz.
Afsuski, ana shunday ezgu niyat bilan ajratilgan kreditlar banklarga belgilangan muddatlarda qaytarilmasdan, to‘lov muddatlari sababsiz orqaga surilmoqda. Bu esa banklarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Kredit qarzdorligini undirish maqsadida amaldagi qonunchilikka asosan zarur choralar qo‘llanilmoqda.
Kuni kecha Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasining majlislar zalida viloyat "Xalq banki", "Agrobank”, “Ipoteka bank” va “Milliy bank” xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jismoniy shaxslar va tadbirkorlarga ajratilgan muammoli kreditlar masalasi tilga olinib, kredit qarzdorligi haddan tashqari oshib ketgan qator yirik korxonalar bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, milliardlab so‘mlik qarzdorlikni to‘lamasdan kelayotgani misollar bilan ko‘rsatilib, qarzdorliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari tuzildi.
Shu ko‘rsatmalarga va amaldagi qonunchilikka asosan Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan sudning tegishli qaroriga muvofiq kredit qarzdorligini undirish maqsadida qarzdorlarga tegishli avtomobillar, traktor hamda savdo shoxobchalari xatlovdan o‘tkazilib, jarima maydonchasiga qo‘yilmoqda.
Jumladan, Xalq banki tomonidan ajratilgan kredit qarzdorligi "X.N."MCHJ tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli qarzdorning garov mulki bo‘lgan “Kaptiva", "H. G." MCHJga ajratilgan qarzdorligi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli garov mulki bo‘lgan "Neksiya-3" rusumli avtomobillari, “I.M.P” MCHJ tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan 468.000.000 so‘m qarz evaziga garovdagi choyxona binosi xatlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring