
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Qayd qilinishicha, muloqot davomida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini madaniy-gumanitar va turizm sohalarida yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

«Xususan, O‘zbekiston va Xitoyda turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, qadimiy madaniy meros obidalarini asrab-avaylash bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini atroflicha muhokama qildik», deb yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar