Peterburglik yigit samokatda Moskvaga qadar bordi

Peterburglik yigit samokatda Moskvaga qadar bordi
Peterburglik yigit samokatda Moskvaga qadar bordi

Sankt-peterburglik Aleksandr Rendakov 6 kun ichida Moskvadagi Qizil maydonga samokat orqali etib keldi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Rendakovning aytishicha, u bu masofani bir hafta davomida bosib o‘tishni mo‘ljallagan edi.

U bir kunda 120 km masofa yurgan. Eguliklarni yo‘ldagi do‘konlardan xarid qilgan. Uning hikoya qilishicha, mahalliy aholi vakillari uni mevalar bilan mehmon qilishgan. Rendakov o‘zi bilan eng zarur narsalar: chodir, to‘shak, issiq kurtka, dori qutichasini olgan. Uning yuklari jami 10 kilogrammni tashkil etgan.

U o‘z shahriga poezdda qaytishni mo‘ljallagan.
[media=https://youtu.be/QdocwerZPy8]
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar