Fukarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 21.01.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Aliyevdan undiruvchi Yu.Norbo‘tayeva foydasiga 2 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan aliment pullari oyma-oy o‘z vaqtida undirib kelingan. Shuningdek, Byuroning Qamashi tuman bo‘limi ish yurituvida Yu.Norbo‘tayevani javobgar B.Aliyevga tegishli bo‘lgan uy-joyga majburiy tartibda kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjati ham mavjud.
Qarzdorga mazkur ijro hujjatlari yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan berilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida, voyaga yetmagan farzandlari uchun uy olib berishga qaror qildi.
Ko‘rsatilgan amaliy va huquqiy yordam natijasida aliment to‘lovchi ota ikki nafar farzandiga ko‘p qavatli uydan xonadon rasmiylashtirib berdi.
Shu munosabat bilan, taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan ikkita ijro hujjati ham tamomlandi.
O‘tkir Eshqobilov
MIB Qamashi tuman bo‘limi
davlat ijrochisi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!