23:41 / 06.11.2023
288

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich tanklar yordamida sinaldi

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich tanklar yordamida sinaldi

Transport vazirligiga ko‘ra, poytaxtimizdagi Bobur ko‘chasi va «Toshkent» xalqaro aeroportini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazilgan.

Sinovga ko‘ra 4 ta avtotreylerga (har biri 35 tonna) 4 ta harbiy tank (har biri 40 tonna) yuklanib yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berilgan.

Sinov natijalariga ko‘ra yo‘l o‘tkazgich ekspluatatsiya yuklamaga nisbatan ko‘proq yuklamaga muvaffaqiyatli bardosh berdi va mustahkam ekanligini isbotlandi, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida shu hududda yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish obyektida uzunligi 42 metrlik 5 dona balkalar qulab tushgandi. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, ushbu holat budjetga 2 mlrd 760 mln so‘mlik zarar yetkazgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat