Italiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifi keskin oshdi

Italiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifi keskin oshdi

2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida 23 352 nafar  Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 468 nafarga yoki 3 martaga oshgan.

2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

dam olish (turizm) – 20 557 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 513 nafar;

— xizmat yuzasidan – 1 195 nafar;

— o‘qish maqsadida – 71 nafar;

— tijorat – 16 nafar.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar