Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi
Foto: Telegram / hidoyatov_bsh

Bugun, 9 noyabr kuni Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy  rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Shundan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev Toshkentga yetib keldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar