Odatda fuqarolar tomonidan kredit to‘lovlari kredit shartnomalarida belgilangan miqdorda va muddatlarda kredit tashkilotlariga to‘lab boriladi.
Lekin, amaliyotda ayrim fuqarolar tomonidan kredit to‘lovlarini kechiktirish yoki to‘lashni “unutish” holatlarini ko‘plab kuzatish mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Q.dan undiruvchi “Kapitalbank” ATB foydasiga 208 mln. 62 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sergeli tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Ergashev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorning “Malibu 2” avtotransport vositasi xatlanib, hozirda ushbu avtotransport vositasini elektron onlayn auksionda sotish choralari ko‘rilishi ta’minlanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring