Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish yoki boshqa orzu-havaslarga yetishish maqsadida kredit imkoniyatlari yaratib berilmoqda.
Bunday imkoniyatlardan noto‘g‘ri yo‘lda foydalangan va qaytarilmagan 253 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari evaziga fuqaroning garovdagi ko‘chmas mulki sotilishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 25.07.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor O.M.dan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” foydasiga 253.317,0 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sergeli tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Ergashev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorning Sergeli tumanidagi ko‘chmas mulki xatlanib, hozirda elektron onlayn auksionda sotish choralari ko‘rilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring