Bankdan kredit olishning o‘zi - orzu qilingan rejalarni amalga oshirishda ayni muddao desa bo‘ladi.
Kreditni rasmiylashtirishda bank va mijoz o‘rtasida tomonlarning huquq va majburiyatlari aniq belgilanib, har ikki tomonning imzosi bilan amalga oshiriladi, biroq bu majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaslik oqibati esa kredit oluvchining majburiyatlarini bajarishni majburlashga to‘g‘ri keladi…
Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor K.K.dan undiruvchi "Kapitalbank" foydasiga 145,1 mln. so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulki - avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Yaxshi bilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga ko‘ra, kredit shartnomasi bo‘yicha bir tomon – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (qarz beruvchi) shartnomada nazarda tutilgan miqdor va shartlar bo‘yicha boshqa tomonga (qarz oluvchiga) mablag‘ (kredit) berishni va qarz oluvchi olingan pul miqdorini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Biroq, bu qonun qoidaga amal qilmaslik oqibati ishni sudgacha borib taqalishiga hamda tegishli mol-mulkdan ayrilishga olib keladi.
Masalan, Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor S.A.dan undiruvchi "Kapitalbank" foydasiga 135,3 mln. so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli garov mulki bo‘lgan avtotransport vositasi xatlandi va jarima maydonchasiga joylashtirilishi ta’minlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring