22:22 / 21.11.2023
135

Prezident ijro intizomini tanqid qildi: “Islohotlar qog‘ozda qolib ketmasligi kerak”

Prezident ijro intizomini tanqid qildi: “Islohotlar qog‘ozda qolib ketmasligi kerak”

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kungi selektorda vazirlik, hokimlik va idoralardagi ijro intizomi holatiga to‘xtalib o‘tdi.

"Ko‘rib turibsizlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida juda katta islohotlarni amalga oshirayapmiz. Hech bir soha e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q.

Lekin, islohotlar "qog‘ozda" qolib ketmasligi kerak. Vazirlik va tarmoq rahbarlari, hokimlar joylarda ularning ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shart", – dedi davlat rahbari.

Muhim topshiriqlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, ba’zi rahbarlar raqam ortidan quvib, sifat, samaradorlik va talabchanlikni unutib qo‘yayotgani qayd etildi.

Ayrim vazirlar va hokimlarga ularning tizimi va hududlarida ijro holati qoniqarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ijro intizomini qattiq nazorat qilish, xorijiy davlatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlik bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning birorta bandi ijrosini kechiktirmasdan ta’minlash shartligi haqida ogohlantirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat