Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari soliq va bank idoralari bilan hamkorlikda tuzilgan Ishchi guruh tomonidan qarzdorliklarni qisqartirish va bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 21 noyabr kuni Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Davlat Soliq boshqarmasi qaroriga asosan qarzdor korxonadan 184 mln. so‘m soliq qarzdorligi undiruvi bo‘yicha soliq xodimi ishtirokida Yashnobod tumanida joylashgan noturar bino inshootini xatlash yuzasidan ijro harakatlari olib borildi.
Shuningdek, Byuroning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan qarzdor M.S.dan "Hamkorbank" foydasiga 141 mln. 252 ming 789 so‘m qarzdorlikni undiruvi yuzasidan qarzdorga tegishli KIA rusumli avtotransport vositasi xatlanishi ta’minlandi.
Jumladan, Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Abdiyev tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman DSI qaroriga asosan qarzdor S.V.dan 5 mln. so‘m soliq qarzdorligi hamda Toshkent shahar IIBB YHXB qarorlariga asosan davlat foydasiga 32 ta 21 mln. 750 ming so‘mlik jarimalar undiruvi yuzasidan ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli “NISSAN” rusumli avtotransport vositasi xatlanishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar soliq boshqarmasining qaroriga asosan qarzdor “T. SONSTRUSTION A.” MCHJdan undiruvchi davlat soliq boshqarmasi foydasiga 219 mln. 279 ming soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan mavjud qarzdorlik qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda to‘lanmaganligi sababli, Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi T.Bakixanov tomonidan qarzdorga tegishli avtomabil xatlanib, band solindi va vaqtincha saqlash uchun Yashnobod tumanidagi avtomabillar saqlash maydonchasiga qo‘yildi.
Mavjud qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmagan taqdirda xatlangan avtomobil vositasi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ orqali sotilishi haqida qarzdor ogohlantirildi.
Jumladan, joriy yilning 21 noyabr kuni Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.Nazarov tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Qiziltepa tuman soliq inspeksiyasining qarzdor L.X.ga nisbatan 12 mln.695 ming 266 so‘m soliq qarzini hamda davlat foydasiga 507 ming 150 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan o‘tkazgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli KIA 5 rusumli avtomashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring