Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituvida G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Fayzbek Faxriddin omadi” MCHJdan undiruvchi “Hududgazta’minot” AJ foydasiga jami 110.030.790 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga ijro hujjatlari mazmun mohiyati to‘liq tushuntirilib, bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Qarzlarni berish uchun korxona rahbari tomonidan choralar ko‘rilmagandan so‘ng, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli issiqxona belgilangan tartibda xatlangan.
Qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf qilinmasa, mazkur issiqxona baholanib, “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilishi haqida korxona rahbarlari rasman ogohlantirilgan.
Hozirda, ijro harkatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring