10:26 / 25.11.2023
321

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz jinsiy qullikda saqlab kelingani aytilmoqda

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz jinsiy qullikda saqlab kelingani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 14 yoshli qiz 7 oy davomida majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingan bo‘lishi mumkin. Bu bo‘yicha 24 noyabr kuni bolalar ombudsmaniga murojaat kelib tushgan.

Ombudsmanga viloyatning Kitob tumanida yashovchi voyaga yetmagan (2009 yilda tug‘ilgan) Ch.T. murojaat qilgan. Unda bu qiz 2023 yilning may oyidan 15 noyabrga qadar Shahrisabz tumani Xo‘jabog‘ qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.A.ning uyida zo‘rlik va tahdid orqali turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani haqida so‘z borgan.

Bolalar ombudsmani bu holat to‘g‘risida Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

«Viloyat prokuraturasi 24 noyabr kuni hodisani o‘rganishni boshladi. Kitob tumani prokurori tomonidan fuqaro N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi „a“ bandi (18 yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov guruhi tuzildi va tezkor ravishda tergov harakatlariga kirishildi», — deyiladi xabarda.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura va bolalar ombudsmanining alohida nazoratida ekani ta’kidlandi.

«Bolalarga nisbatan bunday mudhish jinoyatni sodir etgan har qanday shaxs qonun oldida javob berishi shart. Bu og‘ir jinoyatning qurboni bo‘lgan bolaning manfaatlari to‘liq ravishda ta’minlanadi», deya qo‘shimcha qilinadi bayonotda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat