14:14 / 25.11.2023
73

Voyaga yetmaganlarning manfaati himoya ostida

Voyaga yetmaganlarning manfaati himoya ostida

Oila kodeksiga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamayotgan yoki ajrashgani sababli, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan, ya’ni aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan otalar jamiyatimizda uchrab turibdi.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davrida aliment qarzdorligini to‘lamagan qarzdor otalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan va surishtiruv harakatlari o‘tkazilgan 42 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 128,3 mln. so‘m aliment pullari undirilishi ta’minlangan va aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etilgan.

Misol uchun, fuqaro O.B ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganligi uchun 2022 yilning iyul oyida ma’muriy javobgarlikka tortilganidan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan 13 mln. 33 ming so‘m miqdordagi aliment pullarini to‘lamasdan bo‘yin tovlab kelganligi uchun unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv natijasida jinoyat ishi sudga yuborilgan va sudning hukmi bilan qarzdor to‘qqiz oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bundan tashqari, Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan 494 nafar qarzdor otalarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal etilib, qarzdorlardan 1 mlrd. so‘mdan ortiq aliment pullari undirilishi ta’minlandi.

Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yet­gunga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat