Qashqadaryo viloyatida 14 yashar qizni jinsiy qullikda saqlab kelishda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombdusmani xabar bermoqda.
Kitob tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro N.A.ga (ayol) nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
2023 yilning 25 noyabr kuni fuqaro N.A. (ayol) gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan JIB Kitob tumani sudining 26.11.2023 yildagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deyiladi xabarda.
Mazkur ish yuzasidan Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan Ch.T. ning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi ustidan parlament nazoratinini davom ettirishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hodisa haqida ma’lumot tarqalgan va Bosh prokuratura tergov boshlagandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring