Toshkent shahrida o‘zganing plastik kartasidagi 250 million so‘m pulni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV TDQ Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanida yashovchi 38 yoshli G.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini bildirgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli N.G., Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi 18 yoshli T.X. hamda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 26 yoshli I.M. sodir etganli aniqlangan.
Aniqlanishicha, N.G. jabrlanuvchi G.O.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini Slisk operatori sifatida tanishtirib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritgan va jami 250 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.G., T.X. va I.M.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring