15:41 / 04.12.2023
740

Kelgusi hafta boshida respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib keladi

Kelgusi hafta boshida respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib keladi

“O‘zgidromet” havo keskin sovib ketishi haqidagi prognozlarga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyaning shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10 dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11-12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

10-11 dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin).

Havo harorati 11-12 dekabrda kechasi 7-10 darajagacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda 10-11 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 11-12 dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja, kunduzi 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

9-12 dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti dastlabki hisoblanadi. Agar keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, “Favqulodda gidrometeorologik ma’lumot” maxsus xabari bilan e’lon qilinadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat