Viloyatimizda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik holatlari kamayish o‘rniga ko‘payib bormoqda. Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumnalararo sudining qarzdor L.Samadovdan Kogon shahar DSI foydasiga 50.721 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i byuroning Romitan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdorga berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan qarzdorlik to‘lanmagan. Qarzdor nomida “MAN” rusumli avtotransport vositasi mavjduligi aniqlanib qidiruv e’lon qilingan.
Qidiruv natijalarida ushbu avtomashina viloyatimizning Kogon tumanidan topilgan va tegishli tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf qilinmasa, avtomashina elektron savdo maydonchasi orqali sotilishi mumkinligi haqida qarzdor ogohlantirilgan.
Oybek Toshmatov
Majburiy ijro byurosining
bo‘lim bosh surishtiruvchisi