Ijtimoiy tarmoqlarda «Yunusobod tumanidagi 97-maktab o‘quvchilari bu ketishda maktabni portlatib yuborishadi» sarlavhasi ostida video xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 10.15 larda Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumta’lim maktabining oshxonasida 11-«A» sinf o‘quvchisi I.J. tanaffus vaqtida yonida bo‘lgan «dimavushka» nomli qo‘lbola yasalgan kuchli tutun chiqaruvchi moddani tutatganligi aniqlangan. Bu hodisani shu maktabning 9-«V» sinf o‘quvchisi A.A. esa o‘zining uyali telefoni orqali videotasvirga olgan va instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirgan hamda tarqatgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganligima’lum qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring