Samarqandda qariyb 2 mlrd. so‘mlik elektr energiyasini «uxlatishdi»

Samarqandda qariyb 2 mlrd. so‘mlik elektr energiyasini «uxlatishdi»

Foto: Prokuratura departamenti.

Pastdarg‘om tumanida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Unda Pastdarg‘om tumanida faoliyat yurituvchi «X.I.» fermer xo‘jaligi rahbari E.T. «Xoncharbog‘» mahallasidagi nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, jami 2 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar