11:50 / 22.12.2023
176

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 22-dekabr 9:36 da dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘ringa chiqdi.

IQAir portaliga ko‘ra, soat 09:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 262 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “juda zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Bangladeshning Dakka shahri egallagan — PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 349 mkg/m3. Hindistonning Dehli shahri 2-pog‘onada — 336 mkg/m3. Uchlikka Pokistonning Lahor shahri yakun yasadi — 266 mkg/m3.

Skrinshot: IQAir 

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi joylashgan Yunusobod tumanida havodagi dispers zarralarning konsentratsiyasi 335 mkg/m3 ga chiqqanini ko‘rish mumkin — bu “xavfli” toifa hisoblanadi.

Skrinshot: IQAir 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.

Eslatib o‘tamiz, 11 sentyabr kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosi dunyoning yirik shaharlari orasida ifloslanish reytingida 7-o‘rinni egallagandi. Sanepidqo‘mita changli havoda qilish kerak bo‘lgan qator tavsiyalar bergan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat