Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan “Mehr harakati” aksiyasi doirasida Yangi yil bayrami oldidan muhtojlar holidan xabar olindi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘zganing yordamiga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘makchi bo‘lish maqsadida, Beruniy tumani 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi og‘ir ahvolga tushib qolgan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan 20 nafar xonadon egalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, hozirda Beruniy tumanida joylashgan 10 ta mahallalarda yashovchi xonadonlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar