Toshkent shahrida firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing pul mablag‘larini o‘zlashtirgan ayol aniqlandi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida yashovchi 52 yoshli (ayol) Y.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 23 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi 38 yoshli (ayol) Y.Z. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, Y.Z. Telegram messenjeridagi “trade_Inves” nomli guruh orqali tanishib, o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 23 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishgan va bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Y.Z.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin