date
views 197

Xodimlar va ularning ota-onalari bilan muloqot

Xodimlar va ularning ota-onalari bilan muloqot
 Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida tizim xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
 
Tadbir davomida Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinayotgani alohida ta’kidlandi.
 
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalarning yanada samarali ijro etilishini ta’minlashga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
 
Ochiq, samimiy muloqot jarayonida mehnat intizomi, qonunchilik holatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, prokuratura organi degan sharafli kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish haqida gapirib o‘tildi.
 
O‘z o‘rnida davlat ijrochilari va ularning ota-onalari so‘z olib, Byuro organlarida xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, ularga javoban faqat munosib ishlashi,  o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishlarini aytib o‘tdilar.
 
Tadbir yakunida sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosini ta’minlashda namunali xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda sovg‘alar topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodimlar va ularning ota-onalari bilan muloqot