date
views 351

Namangandagi tungi klubda ro‘y bergan ikki yigitning janjali o‘lim bilan yakun topdi

Namangandagi tungi klubda ro‘y bergan ikki yigitning janjali o‘lim bilan yakun topdi
Foto: iStock
Namangan viloyatidagi tungi klublarni birida ikki yigitning janjali o‘lim bilan yakun topgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
 
Hodisa bugun, 2024 yil 7 yanvar kuni soat 5:00 lar atrofida Uychi tumanidagi Mustaqillik istirohat bog‘i ichida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan.
 
Uychi tumani, “Qo‘rg‘oncha” MFY hududida joylashgan “Night Korol” nomli tungi klubda, 2002 yilda tug‘ilgan S.M., tanishi 1996 yilda tug‘ilgan M.A. bilan janjallashib qolgan va qo‘li bilan uni yuz sohasiga urgan.
 
M.A. yiqilgach oyog‘i bilan ikki marotaba bosh qismiga tepib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
 
27 yoshli M.A. fuqaro S.A., tomonidan tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, u shifoxonada vafot etgan.
 
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.M.ga nisbatan jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangandagi tungi klubda ro‘y bergan ikki yigitning janjali o‘lim bilan yakun topdi