Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.
Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.
Tanlovda qatnashish uchun talaba:
- bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;
- ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;
- O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.
Oliy ta’lim tashkiloti ariza bergan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘llanma xati bilan Maxsus komissiyaga 5 ish kunida taqdim etadi.
Maxsus komissiya ushbu hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqib, talabani tanlovda ishtirok etishi yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Yakuniy qaror qabul qilingandan 10 ish kuni davomida tanlov natijalari bo‘yicha ma’lumot Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Amaliyot 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Talabaning amaliyot o‘tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.
G‘olib talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 kun davomida qoplanadi.
Bunda talabaga BHM 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi