Qashqadaryoda o‘z roziligisiz, ota-onasi tomonidan unashtirilgan qiz murojaat bilan chiqdi

Jamiyat1 daqiqa o'qish426
Qashqadaryoda o‘z roziligisiz, ota-onasi tomonidan unashtirilgan qiz murojaat bilan chiqdi

Foto: Bolalar ombudsmani

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida uning roziligisiz ota-onasi unashtirgan qiz murojaat bilan chiqdi. 

Xabar berilishicha, 15 yanvar kuni bolalar ombudsmaniga Shahrisabz shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan qiz M.M.dan murojaat kelib tushdi. 16 yanvar kuni bolalar ombudsmani qizning o‘zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi.

M.M.ning aytishicha, hozirda u universitetning 1-kursida o‘qimoqda va o‘qishini davom ettirish niyatida. Bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. (yigit) unga turmushga chiqishga undab, turli shaklda bosim o‘tkazib kelmoqda. O.B.ning va M.M.ning ota-onalari o‘zaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini o‘tkazgan bo‘lib, hozirda O.B. tomonidan unga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim o‘tkazilmoqda.

Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olinib, tezkor ravishda prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganildi. Hozirda O.B. va qizning ota-onasi ayolni turmushga chiqishga majburlash harakati jinoiy javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirilib, buning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Shuningdek, M.M.ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?