11:11 / 19.01.2024
124

O‘zbekistonda aholiga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish tizimi shakllantiriladi

O‘zbekistonda aholiga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish tizimi shakllantiriladi

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, psixosomatik tibbiyot va aholiga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

Bunda, tibbiyotning barcha darajalarida psixoprofilaktika, psixodiagnostika va psixoterapiya yordamini ko‘rsatishni tashkil etish va kengaytirish choralarini ko‘rish mo‘ljallanmoqda.

Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida “Tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedralarini, klinikalarida esa “Psixosomatik tibbiyot” bo‘limlarini ochish rejalashtirilgan.

Tuman/shahar ko‘p tarmoqli poliklinikalarda tibbiy psixologlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Birlamchi tizimdagi tibbiyot brigadalari a’zolarining psixosomatik tibbiyot asoslari bo‘yicha bilim va malakasi oshiriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat