Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vohada o‘tkaziladigan “Boysun bahori” ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikilmoqda.
Naqshinkor milliy so‘zanani nozik did, yuksak mahorat bilan tikish uchun “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibasi Malika Podshoyeva boshchiligida 100 nafar mohir kashtado‘z jalb etilgan. Hozirda alvon matoga surxoncha serjilo naqshlar chizmasini tushirish hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplarni tanlash ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, boysunlik hunarmandlar tomonidan tikilgan, uzunligi 25 metr, eni esa 6 metrni, og‘irligi 60 kilogrammni tashkil etgan, hozirgi kunda dunyodagi eng katta so‘zana 2019 yilning aprel oyida Termiz shahrida o‘tkazilgan baxshichilik san’ati festivalida ilk bor namoyish etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi