
Kadr: Telegram
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkent shahar Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 29 yanvar kuni soat 23:40 da Chilonzor tumani Baynalmilal—Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasida 38 yoshli F.J. boshqaruvida bo‘lgan BYD rusumli avtomashina hamda 25 yoshli S.M. boshqaruvida bo‘lgan Chery ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida BYD va Chery avtomashinalari haydovchilari birinchi yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib borilgan.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar