17:43 / 30.01.2024
136

Bandixonda xorijga chiqishni istagan ota 55 million so‘m aliment to‘ladi

Bandixonda xorijga chiqishni istagan ota 55 million so‘m aliment to‘ladi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat va davlat muhofazasida hamda ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari belgilangan.

Aliment to‘lovlari avvalambor voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli aliment to‘lovchilarning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi.

Majburiy ijro byurosi Bandixon tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan tumanda yashovchi U.Baratov voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari uchun aliment to‘lovlarini oldindan bir yo‘la to‘lamoqchiligini ma’lum qilgan, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor va undiruvchining qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari hamda aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi tushuntirildi.
Shundan so‘ng, oila vakillari o‘zaro kelishgan 55 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi.

Yana bir holatda tumanda yashovchi qarzdor ota I.Qodirov ham bir nafar farzandi uchun 20 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berganligi hamda undiruvchining arizasiga asosan ijro hujjati qaytarib berilganligi sababli Byuroning tuman bo‘limi tomonidan aliment to‘lovchining O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari tiklab berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat