
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 18.08.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar Ya.Ibrohimov tomonidan Shahrisabz shahar, Pillakashlik MFY hududida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonida tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘zboshimchalik bilan 14.40x6.0 o‘lchamda qurilgan noqonuniy qurilmani buzish hamda yer uchastkasini dastlabki holatga keltirish belgilangan.
Shuningdek, ijro varaqada ushbu qurilmaga sarf qilingan xarajatlarni qoplanmagan holda qarzdorning hisobidan majburiy tartibda buzish ko‘rsatilgan. Ushbu ijro hujjati Byuroning Shahrisabz shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, qarzdor noqonuniy qurilgan qurilmani buzmagan.
Joriy yilning 31 yanvar kuni davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida mazkur noqonuniy qurilgan qurilma majburiy tartibda buzdirilib, ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar