
Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor U.U. undiruvchi D.S. foydasiga bir nafar farzandining moddiy taminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan edi.
Ijro harakatlari davomida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 42-1-moddasiga asosan qarzdor U.U.ning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan edi.
Chetga chiqish istagidagi ota undiruvchi bilan o‘zaro kelishuvga erishib, Byuroning Urganch shahar bo‘limiga murojaat qilishadi.
Murojaatga asosan, qarzdor ota chetga chiqishi munosabati bilan, voyaga yetmagan bir nafar farzandi uchun 60,5 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi va undiruvchining arizasiga muvofiq ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar