Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlar sodir qilgan xodim ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, katta serjant Z.S. ichki ishlar organlari safiga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan va Qo‘shrabot tumani IIBda profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan.
Xodim xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilgani hamda ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo‘shatilgan.
“Hozirda, ushbu holatning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan”, deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda katta serjant Z.S. qattiq mast holda bo‘lgani, uning xizmat kiyimi boshdan oyoq loyga botgani ko‘rinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin